Oqqo‘rg‘onda soxta tabib ushlandi
2018-yil fevral oyi oxirida oqqo‘rg‘onlik I.X. viloyatdoshi I.D.ni uchratib qoladi. I.D. 2000 yilda tug‘ilgan qizi kasallikka chalinganini, dilbandining tuzalishi uchun qilmagan muolajasi qolmaganini aytadi.
Tayyor o‘ljani qo‘lga kiritgan I.X. o‘zini «tabib» deb tanishtirib, bunday kasallikni davolash qo‘lidan kelishini, bemorni 4 oy davomida uqalash yo‘li bilan tuzatishi mumkinligini aytadi.
«Tabib» xizmat haqiga 500 AQSh dollari so‘raydi. Ota qizining tuzalib ketishiga astoydil ishonib, so‘ralgan pulni beradi. «Soxta tabib» esa pullarni olib, voqea joyidan yashirinadi.
Hozir ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter