O‘qituvchilar yuritadigan hujjatlar maksimal qisqartirildi - XTV
«Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha (sinf jurnali (jumladan, elektron ravishda kundalik.com tizimi orqali) qisqartirildi.
Bu o‘qituvchilarga asosiy e’tiborini dars mashg‘ulotlarini yanada qiziqarli qilib o‘tishga qaratishi uchun sharoit yaratadi.
Barcha maktablarda fanlar bo‘yicha taqvim mavzuiy rejalarini bir xillashtirish maqsadida, endilikda taqvim mavzuiy rejalar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadi va o‘quv yili oldidan vazirlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
«Milliy o‘quv dasturi»ning asosiy komponentlari doirasida barcha fanlardan «O‘qituvchi kitobi»ning joriy etilishi dars ishlanmasi (konspekt)ning o‘rnini to‘ldiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter