Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar tik turgan holda uzr so‘radi: vazir tashabbuskorlar jazolanishini aytdi

O‘qituvchilar tik turgan holda uzr so‘radi: vazir tashabbuskorlar jazolanishini aytdi

Tarmoqda Andijonda o‘qituvchilar tik turgan holda ota-onalar oldida uzr so‘ragani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Marhamat tumanidagi 72-IDUMida sodir bo‘lgan. O‘qituvchilar o‘zlashtirish pastligi va OTMlarga kirish sustligi uchun kechirim so‘rashgan. 

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov holatni nafaqat o‘qituvchilarimizning sha’nini yerga urish, balki davlat siyosatiga qarshi amalga oshirilayotgan harakat deb baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda xalq ta’limi vazirligining huquqiy-nazorat xizmati tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, holatni o‘rganmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan «tashabbuskorlarga» albatta tegishli chora ko‘riladi.

Shu bilan birga vazir o‘qituvchilardan o‘z qadr-qimmatlarini yerga urishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘ramoqda.

«Sizning bu darajada boshingizni yerga qaratishga hech kimning haqqi yo‘q», — deyiladi xabarda.

Milliy mass-mediani rivojlantirish jamoat fondi raisi KomilAllamjonovga ko‘ra, bu holat uchun shaxsan Shuhrat  Abdurahmonov uzr so‘rashi kerak. 

«Andijonda o‘qituvchilar ota-onalar oldida bosh egib, uzr so‘rashga majburlangani uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerak»— deya yozadi Allamjonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring