O‘qituvchilar bir yilda qog‘oz to‘ldirishga sarflayotgan vaqti pulga chaqilsa, 1,8 trillion so‘m bo‘ladi
Xalq ta’limi vazirligida yangi vazir Sherzod Shermatov ishtirokida press-brifing o‘tkazilganidan xabaringiz bor.
Yig‘ilishda Sherzod Shermatov o‘qituvchilarni qiynayotgan qog‘ozbozlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
«O‘qituvchi o‘z ishini qilishning o‘rniga qandaydir formalarni to‘ldirish, hisobotlar tayyorlash bilan band bo‘lib qolyapti. Yaqinda bir so‘rov o‘tkazilganda ana shunday qog‘ozbozlik ishlari uchun 4 soat vaqt ajratishi ma’lum bo‘ldi. Agar buni barcha o‘qituvchi soniga qo‘shib hisoblaydigan bo‘lsak, qog‘ozbozlik uchun ketgan vaqtiga 1,8 trillion so‘m to‘lash kerak bo‘lar ekan.
Agar o‘qituvchi shuncha vaqtini qog‘ozbozlikka sarflamaganda edi, u o‘z ustida ishlashi yoki qo‘shimcha dars berishi mumkin edi», — dedi Shermatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter