«O‘pkasi yo‘q» haydovchiga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqda «Spark» rusumli, 60K663CA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermasdan, avariya holatini yuzaga keltirganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Video Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu qoidabuzar haydovchi K.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter