Ona tilida gapirish uchun «ehtiyoj» kerak
Qirg‘iziston konstitutsiyaviy kengash a’zosi Sadirdin Toraliyev aholini ona tilini o‘rganishga rag‘batlantirish maqsadida rus tilini rasmiy maqomidan mahrum qilishni taklif qildi, deya xabar berdi «24.kg» agentligi.
«Bu keskin tuyulishi mumkin. Biroq mening taklifim — davlat tili sifatida faqat qirg‘iz tilini qoldirish. Qolgan tillarni boshqa qonunlarga ko‘ra rivojlantiramiz», — dedi Toraliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi paytlarda yoshlar qirg‘iz tilida gaplashmay qo‘yishgan. Aholiga ona tilini o‘rganishga «ehtiyoj»ni yaratish kerak.
«Nega qirg‘iz tilini o‘rganishmaydi? Chunki unga ehtiyoj yo‘q. Uni yaratish kerak. Faqat shundagina hamma qirg‘iz tilini o‘rganib, qirg‘iz tilida gapira boshlaydi», — deya ta’kidladi u.
Rus tilining rasmiy maqomi qirg‘iz tili davlat maqomi bilan bir qatorda Qirg‘iziston konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Qirg‘iziston konstitutsiyaviy kengash a’zolari konstitutsiyaviy islohotlar loyihasini yakuniga yetkazish uchun yaqinda tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter