Ommaviy tadbirlarga aholini aksiya yoki mahsulotlarni bepul tarqatish orqali jalb qilish taqiqlandi
Hukumatning joriy yil 28-iyundagi qarori bilan O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi.
Bundan buyon ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’yekti ma’muriyatining yuqoridagi tartibga roya etishlarini Milliy gvardiya va IIV tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda nazorat qiladi.
Ushbu tartibni buzganlar esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter