«Omikron» kirib borgan mamlakatlar soni 80 taga yaqinlashdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus «omikron» shtammi qayd etilgan mamlakatlar soni 77 taga yetgani haqida bayonot berdi.
Gebreyesusga ko‘ra, «omikron» kirib borgan mamlakatlar soni aslida bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin, shunchaki, hozircha aniqlanmagan. Garchi ushbu shtamm bilan kasallanganda og‘ir holatlar nisbatan kam bo‘lsa-da, uni yuqtirib olish sur’ati o‘ta yuqori, shu bois kasallar soni ko‘pligidan shifoxonalarda joy yetmay qolishi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning S-oqsilda 32 mutatsiyaga ega yangi shtammi JAR va Botsvanada shu yilning noyabr oyi boshlarida birinchi marta aniqlangandi. JSSTning 26-noyabrdagi favqulodda yig‘ilishida bu shtammga yunon alifbesining 15-harfi — «omikron» nomi berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter