Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuquvchanlik darajasi yuqori» yangi shtamm tarqalishni boshladi — JSST

«Yuquvchanlik darajasi yuqori» yangi shtamm tarqalishni boshladi — JSST

Dunyo bo‘ylab koronavirusning yangi shtammi — Omicron XBB.1.5 tarqalmoqda. AQShda bir necha hafta ichida dominantga aylangan bu shtamm pandemiyaning yangi to‘lqinlariga sababchi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Politico nashri JSST vakili Mariya Van Kerxovega asoslanib yozishicha, «yuquvchanlik darajasi yuqori» ushbu shtamm 29 mamlakatda aniqlangan.

«Biz uning o‘sishdagi ustunligidan tashvishdamiz, ayniqsa, Yevropaning ayrim mamlakatlari va AQShning shimoli-sharqiy hududlarida tez tarqalmoqda —  Omicron XBB.1.5 boshqa shtammlar o‘rnini tez ishg‘ol qildi», — dedi JSST vakili o‘z bayonotida.

Omicron XBB.1.5 hozircha 29 mamlakatda mavjudligi fakt, biroq Van Kerxove ta’kidlashicha, shtamm yetib borgan mamlakatlar soni aslida ko‘proq bo‘lishi mumkin. JSST yangi shtamm qanchalik og‘ir kechishini o‘rganyapti. Xulosalar yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring