Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ombudsman haydovchilar himoyasiga kirishdi

Ombudsman haydovchilar himoyasiga kirishdi

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) haydovchilar to‘sib qo‘yilgan yo‘llar sabab, yo‘l qoidalarini majburan buzishga majbur bo‘layotgani haqida IIVga murojaat qildi.

Unda aytilishicha, 2022-yil 21-sentyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Ziyo  —  Shifonur ko‘chalari kesishmasida kuzatilib, bu ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Unda yo‘lning transport harakatlanish qismida amalga oshirilayotgan tuzatish ishlari davomida yo‘lning bir qismi yopib qo‘yilgan va tegishli maxsus belgi bilan aylanib o‘tish lozimligi ko‘rsatilgan. Biroq aylanib o‘tish oqibatida haydovchilar yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish tomoniga o‘tishlariga to‘g‘ri kelgan. Bu esa maxsus kameralarga muhrlangan va haydovchilar jarimaga tortilgan.

«Jarimadan ozod etish Ichki ishlar organlarining YHX bo‘limlari tomonidan emas, sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik fuqarolarning o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar ovoragarchiligini oldini olish va ularga adolatli munosabatda bo‘lishga asoslangan. Yuqoridagi holat esa haydovchilarning ortiqcha xarajat qilishiga va ovoragarchiligiga sabab bo‘lmoqda», — deyiladi ombudsman axborotida.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi. Unda ushbu holatlarni kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida ta’mirlash ishlari haqida fuqarolarni oldindan xabardor qilish va ularni mazkur sabablarga ko‘ra jarimaga tortilishini oldini olish choralarini ko‘rilishi so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring