Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltinko‘l va Baliqchida birdaniga ikkita o‘quv markazi ochildi (foto)

Oltinko‘l va Baliqchida birdaniga ikkita o‘quv markazi ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, AKT vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi vazirlik Ishchi guruhining Andijon viloyati bo‘ylab xizmat safari davom etmoqda.

Bugun, 17-iyun kuni viloyatning ikkita tumanida  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi.

Dastlab, Oltinko‘l tumanidagi pochta bog‘lamasi binosida yangi markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda AKT vazirligi Ishchi guruhi a’zolari, IT-Park va tuman hokimligi mutasaddilari, yoshlar ishtirok etishdi.

Oltinko‘l tumanida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 39 ming nafarni tashkil qiladi, maktablar soni esa 55ta, 56 ta mahalla bor.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Faxriddin Parpiyev va IT-Park direktori Farhod Ibragimovlar so‘zga chiqishdi.

IT-Park rahbarining alohida ta’kidlashicha, Andijon viloyatida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar soni juda kam. «Ay-ti» sohasiga qiziquvchi yoshlar esa ko‘p. Qo‘shni Namangan viloyatining deyarli har bir tumanida  IT-markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Andijonlik yoshlarning ayrimlari Namanganga borib, ushbu soha bo‘yicha o‘qishmoqda. Shu sababli bunday markazlar sonini ko‘paytirish maqsad qilingan. Tadbir davomida mutasaddilar yoshlar, «ay-ti» yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlarning savollariga javob berishdi.

Ikkinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi shu kunning o‘zida Baliqchi tumani markazida joylashgan pochta bog‘lamasi binosida ochildi. Shunday qilib, Andijon viloyatidagi markazlar soni 14 taga yetdi.

Tadbirda Baliqchi tuman hokimi o‘rinbosari Go‘zal Hamidova so‘z olib, markazning ochilishi butun mamlakat bo‘ylab davom etayotgan «Yoshlar oyligi»ga to‘g‘ri kelganligi esda qolarli voqea bo‘ldi, dedi.  Hokim o‘rinbosarining aytishicha, tumanda  30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni yuz ming nafardan oshadi. Markaz yonida musiqa va o‘rta ta’lim maktablari joylashgan. Bu o‘quvchilarning IT-markazda zamonaviy kasblar bo‘yicha ta’lim olishlari uchun zo‘r imkoniyat yaratdi.

IT-Park rahbari Farhod Ibragimov mamlakatimizda dasturlash, frilanser, veb-dizayn singari yo‘nalishida ta’lim berayotgan markazlarning faoliyati to‘g‘risida gapirib, xotin-qizlar uchun  ham bu katta imkoniyatlar eshigini ochishini aytdi.

Qayd etish lozimki, har ikki pochta bog‘lamalarida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikda aholiga talabgir elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

AKT vazirligi Ishchi guruhining viloyat bo‘ylab xizmat safari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring