«Oltin to‘p»ni kim olishi deyarli aniq bo‘ldi
Goal portali 2023-yilgi «Oltin to‘p» uchun nomzodlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Asosiy da’vogar Argentina va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messidir. Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland joylashgan. Kuchli uchlikni parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe yakunlagan.
France Football talqini bo‘yicha eng yaxshi futbolchini taqdirlash marosimi bugun, 30-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Messi 2022-yilning dekabrida Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioniga aylangandi. Hujumchi Fransiyaning «PSJ» jamoasida ikki yillik o‘ynaganidan so‘ng 2023-yilning yozida «Inter Mayami»ga ko‘chib o‘tdi.
Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ro‘yxatga kiritilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter