Olmaotadagi ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi
Qozog‘istonning Olmaota shahri hokimligi qarori bilan shahardagi ko‘chalardan biriga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda «Tengrinews.kz» xabar berdi.
Hokimlikning navbatdan tashqari sessiyasida 185 ta ko‘chaning qayta nomlanishi ma’qullangan. Qayta nomlangan ko‘chalardan 20 tasiga atoqli shaxslar nomlari, qolganiga esa tarixiy-geografik va milliy nomlar berilgan.
Ko‘chalar nomini qayta nomlashga aholining shikoyatlari sabab bo‘lgan. Shahardagi nomsiz yoki bir xil nomdagi ko‘chalar aholiga qiyinchilik tug‘dirgan. Misol uchun, tez yordam, politsiya chaqirtirish va shu kabi vaziyatlarda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Olmaotadagi 2,5 mingga yaqin ko‘chaning 349tasi bir xil nomlarga ega bo‘lgan. Shaharda Abay nomli 12 ta, Jabayev nomli 13 ta, Rayimbek botir nomli 8 ta va shu kabi nomi bir xil ko‘chalar ko‘plab uchragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter