Qozog‘istondagi YTHda vafot etganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – «Dunyo»

Kecha, 31-yanvar kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati, Jualin tumani Nurlikent qishlog‘i yaqinidagi «G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy» avtomobil yo‘lining 567 kilometrida yo‘lda 26 ta avtotransport vositalari o‘rtasida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
«Dunyo» AAning Olmaota shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligiga tayanib ma’lum qilishcha, ushbu baxtsiz hodisa tufayli vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
«Vaziyat Bosh konsullik nazorati ostida. Bosh konsullik xodimlari yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga yetib borgan», – deyiladi xabarda.
Qozog‘iston OAVning yozishicha, hodisada jami 26 kishi jabrlangan va mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 4 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limida, bir nafari og‘ir ahvolda viloyat shifoxonasiga ko‘chirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter