Olimpiada chempioni rekord o‘rnatdi
Norvegiyalik chang‘ichi Anders Euklann 700 kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda NRK xabar bermoqda.
48 yoshli faxriy sportchi 41 soat ichida 700 kilometr 500 metr masofani bosib o‘tdi. Norvegiyalik chang‘ichi 36 yoshli Simen Estensen va 27 yoshli Yoar Tele ismli boshqa chang‘ichilar bilan start oldi.
530 kilometrlik marradan o‘tib, sportchilar jahon rekordini o‘rnatdilar. Shundan so‘ng Estensen va Tele birin-ketin musobaqani tark etishdi. Birinchisi — 550 kilometr, ikkinchisi 610 kilometrni bosib o‘tgach dam olishga qaror qilishdi. Sportchilar masofani ovqatlanish va chang‘i almashtirish uchun tanaffuslar bilan bosib o‘tdilar.
Euklann Solt-Leyk-Siti Olimpiadasida 4 x 10 kilometrlik estafetada oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, norvegiyalik hisobida jahon chempionatlarining bitta oltin va ikkita kumush medallari bor. U 1983-yilda milliy terma jamoa safiga kelib qo‘shilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter