Olimlar yurak uchun eng foydali mevani aytishdi
Turli xil tibbiyot institutlari olimlari tadqiqotlarining natijasida yurak uchun eng foydali meva aniqlandi deb yozadi «News-medical.net» nashri.
Shifokorlar qora qorag‘at mevasining foydali tomonlari haqida gapirishdi. Ushbu meva antioksidant va polifenollarga boy bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda yaxshi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari qora qorag‘at mevasi inson organizmidagi glyukozaning olinishi va qayta ishlash jarayonlarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Yuqorida keltirilgan meva yallig‘lanish jarayonlarini yo‘qotib, inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xolesterolli hujayralar paydo bo‘lishini kechiktiradi.
Shuning barobarida, shifokorlar kuniga bir choy stakanidan ko‘p meva iste’mol qilmaslikni tavsiya qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter