Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar «omikron»ning o‘pka uchun qanchalik xavfli ekanligini aniqlashdi

Olimlar «omikron»ning o‘pka uchun qanchalik xavfli ekanligini aniqlashdi

Omikron koronavirus shtammi boshqa COVID-19 shtammlariga qaraganda o‘pkaga ancha kam zarar yetkazadi. Vashington universiteti tibbiyot fakulteti, Viskonsin universiteti va Tokio universitetining olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari chop etildi.

Mutaxassislar aniqlashicha, «omikron» kamroq holatlarda kasallikning og‘ir kechishiga  olib keladi.

Tadqiqotchilar o‘tkazilgan bir qator tajribalar natijasida shunday xulosaga kelishdi. Omikron bilan kasallangan hayvonlar, asosan, kasallikning yengilroq alomatlarini o‘tkazishgan.

Avvalroq, Kembrij Terapevtik immunologiya va yuqumli kasalliklar instituti olimlari omiron shtammi o‘pka hujayralari uchun delta va ko‘p hujayralar kabi xavfli emasligini ta’kidlashgan edi.

The Telegraph nashri Janubiy Afrikadagi Yuqumli kasalliklar milliy instituti tadqiqotchilari va ularning Pretoriya universitetidagi hamkasblariga tayanib, o‘z navbatida, koronavirusning omikron shtammi o‘lim darajasi avvalgilariga nisbatan 75 foizga kam ekanligini yozdi. Tadqiqotchilarning fikricha, tez orada epidemiyaga chek qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring