Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Koinotdagi galaktikalarni sanashdi

Olimlar Koinotdagi galaktikalarni sanashdi

Illyustrativ foto

Hozirda astronomlar Koinotning nari borsa 3 foiz qismini ko‘ra olishadi, xolos, biroq shuning o‘zi ham undagi galaktikalar sonini hisoblab chiqish uchun yetarli. AQShning Arizona shtatidagi Planetologiya instituti olimlari bu haqda Live Science ilmiy portaliga ma’lum qilishdi.

Arizonalik olimlar ikki yondashuv asosida galaktikalarni sanashdi. Birinchisi — Koinotning taxminiy o‘lchamlari haqidagi tasavvurlar, ikkinchisi — galaktikalarning massa chegarasi.

Koinotning yoshi 13,8 mlrd yilga tengligi taxmin qilinadi. Biroq fazoviy kenglik bu davrda tinmay barcha yo‘nalishlarda kengayishda davom etgani bois, Koinot hozirga qadar umumiy 46 mlrd yorug‘lik yili masofasigacha uzaygan.

Galaktikalar massasining eng yuqori va quyi nuqtalarini belgilagan olimlarning fikricha, Koinotda ularning soni 1-2 trilliontagacha bo‘lishi mumkin.

Astronomlar, shuningdek, New Horizon fazoviy qurilmasidan 2021-yilda olingan ma’lumotlarga asoslangan ikkinchi yo‘nalishni ham ko‘rib chiqishdi. Bunda Koinotdagi galaktikalar soni birinchi tadqiqotga nisbatan 100 baravar kam, ya’ni 100-200 milliard atrofida.

«Demak, bizga ko‘rinib turgan Koinotdagi galaktikalar soni ko‘pi bilan 2 trln, kamida esa 100 mlrd atrofida bo‘lishi mumkin», — dedi Planetologiya institutining katta ilmiy xodimi Pamela Gay.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring