Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: Dangasalik ilk odamlarning boshiga yetgan

Olimlar: Dangasalik ilk odamlarning boshiga yetgan

Foto: «Phys.org»

«Life.ru» yozishicha, Avstraliyaning Kanberra universiteti olimlari qaddini tik tutuvchi ilk odamlar dangasalik tufayli qirilib ketishgan degan farazni ilgari surishyapti. 

Insoniyatning ilk ajdodlari mehnat qurollari yasashga e’tiborsiz bo‘lishgan. Afrikani tark etgan ilk insonlar kelib qo‘nim topgan manzillardan biri — Saudiya Arabistonidagi «Homo erectus» qo‘nimgohlaridan birida olib borilgan qazilma ishlaridan so‘ng shunday xulosa chiqarilmoqda.

Aniqlanishicha, bu yerda yashovchilar ishlov berish qiyin toshlardan mehnat qurollari yasashgan, holbuki sal uzoqroq yurishsa mehnat quroli yasashga o‘ng‘ayroq ashyolarni topishgan bo‘lardi. Ular esa ko‘p uzoqqa bormay qo‘llariga ilingan narsalardan qurol yasayverishgan.

Ajablanarlisi, manzilgoh daryoga qancha yaqin bo‘lsa mehnat quroli ham kattaroq bo‘lgan, uzoqlashilsa — aksincha.

— Dangasalik va konservatizm Arabiston sahroga aylanayotgan paytda «Homo erectus»ga mansub ushbu odamlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan, — deydi antropolog Keri Shipton.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring