Rasman! Olimjon Umarov Bosh vazirning maslahatchisi etib tayinlandi
Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi lavozimida ish boshladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u 2017-yilning yozidan buyon AKT vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter