Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimjon Umarov Belarus aloqa va axborotlashtirish vaziri bilan uchrashdi

Olimjon Umarov Belarus aloqa va axborotlashtirish vaziri bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

17-iyun kuni Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarovning Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri K.Shulgan bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda aloqa va axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston-Belarus hamkorligining kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi.

Jumladan, uchrashuv doirasida telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, elektron hukumat, pochta aloqasi, AT-ta’lim, loyihaviy va ilmiy, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarish yo‘nalishlari hamda boshqa istiqbolli sohalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama konstruktiv hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish maqsadida birgalikda ishchi guruhini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Guruhning faoliyati ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi aloqa va axborotlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilishi mumkin bo‘lgan loyihaviy faolliklarni muvofiqlashtirishga qaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring