Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir kasallikdan qiynalayotgan kelin to‘yiga ikki kun qolganda vafot etdi

Og‘ir kasallikdan qiynalayotgan kelin to‘yiga ikki kun qolganda vafot etdi

Foto: «Daily Record»

Buyuk Britaniyada to‘yidan atigi ikki kun oldin og‘ir xastalikdan qiynalayotgan kelin hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Daily Record xabar bermoqda.

33 yoshli o‘qituvchi Emma Luiza Longstaff va 32 yoshli Liam Bredish 2020-yilda Meksikada ahdu paymon qilishib, turmush qurishni rejalashtirishgandi. Ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli to‘yni kechiktirishga to‘g‘ri kelgan. 2021-yil sentyabr oyida ayolga saraton tashxisi qo‘yildi. Shundan so‘ng er-xotin to‘yni iloji boricha tezroq o‘tkazishga qaror qilishgan.

To‘y marosimi 12-oktyabrga belgilangan edi. Longstaff va Bredish suratkash va kelin-kuyov mashinasini yollashga ulgurishgandi, tort va gullarni ham unutishmagandi. Biroq ularga hojat qolmadi. Ayolning sog‘lig‘i birdan yomonlashdi va tashxis qo‘yilgandan besh hafta o‘tar-o‘tmas olamdan o‘tdi. Shifoxonaning o‘zida nikohdan o‘tishning iloji bo‘lmadi, chunki kelin hushiga kelmasdan bu dunyoni tark etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring