Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ofsaydni aniqlash uchun yangi texnologiya sinaladi

Ofsaydni aniqlash uchun yangi texnologiya sinaladi

Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida futbolchilarning o‘yindan tashqari holati, ya’ni ofsaydni aniqlaydigan yangi texnologiya sinovdan o‘tkaziladi.

FIFA xabariga ko‘ra, stadion tomlari ostiga o‘rnatilgan 12 ta maxsus kameralar to‘p va o‘yinlarni kuzatadi, ularning maydondagi aniq joylashuvini aniqlaydi. Bundan tashqari, JChda o‘ynaladigan koptokka inersial o‘lchov birligi sensori o‘rnatiladi va u to‘pga teginish vaqtini aniqab beradi.

Bu texnologiya o‘yin rasmiylarini ofsayd haqida avtomat tarzda xabardor qiladi, keyin tasdiqlangan qaror uchrashuv bosh hakamiga yetkaziladi. Shuningdek, stadiondagi katta ekranlarda muxlislar uchun ofsayd haqidagi 3D-animatsiyali takroriy efir namoyish etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring