Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘FAga Toshkent viloyatidan qariyb 10 gektar yer maydoni ajratib berilyapti

O‘FAga Toshkent viloyatidan qariyb 10 gektar yer maydoni ajratib berilyapti

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Yuqorichirchiq tumani hududidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, ushbu tumanning Do‘stlik massivi hududi 1253q-konturida joylashgan Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markaziga tutash bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 9,9 gektar yer maydoni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

Qayd etilishicha, ajratilgan yer maydonida milliy futbol markazi va uning tarkibiy bo‘linmalari uchun zarur bino-inshootlar, futbol maydonlari, futzal va futbol yopiq inshootlari, mehmonxona, sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona kabi ob’yektlar barpo etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring