Seuldan Toshkentga kelgan samolyot yo‘lovchilari koronovirus tufayli izolyasiyaga joylashtirildi
Koronovirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida bugun, 27-fevral kuni Seuldan kelgan HY514 reysi yo‘lovchilari Toshkent aeroportining xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirildi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng va SARS belgilari yo‘qligi tasdiqlangandan so‘ng, yo‘lovchilar karantin xonasidan chiqib ketishlariga ruxsat beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter