Nukusda poyezd qulog‘ida «naushnik» bo‘lgan 17 yoshli o‘smirni bosib ketdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Nukus shahri temir yo‘l vokzali yonida bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi Makon.uz nashri.
Ma’lum qilinishicha, 2019-yil 5-yanvar kuni soat 13:45 da Nukus shahri hududidan o‘tuvchi «Xo‘jayli-Nukus» temir yo‘li peregonining 2-piketi 699-kilometrida 334-sonli «Saratov-Urgench-Toshkent» yo‘lovchi tashuvchi poyezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi temir yo‘l relsining o‘rtasida qulog‘iga naushnik taqqan, Nukus shahrida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan R.D.ni bosib olgan.
Natijada, R.D. voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha hozirgi vaqtda tergov oldi so‘rishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter