Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda 16 yoshli qiz o‘zini kanalga tashladi

Nukusda 16 yoshli qiz o‘zini kanalga tashladi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Bugun, 19-may kuni soat 12.30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul yo‘nalishida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, olingan xabarga ko‘ra ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, Nukus shahri hududi bo‘ylab o‘tgan «Do‘stlik» kanaliga o‘zini tashlagan noma’lum ayol suvdan qutqarib olishdi.

O‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan ushbu qiz, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Nukus shahrida yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro J.T. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring