Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan shaxslarga o‘qilgan hukmlar (to‘liq ro‘yxat)

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan shaxslarga o‘qilgan hukmlar (to‘liq ro‘yxat)

Bugun, 2023-yil 31-yanvar kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy  tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Yelubay Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Salamat Kalilayevga 3 yil sinov muddati bilan shartli, Berdax Genjebayevga esa 5 yil ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.

Shuningdek:

  • Nurlan Sultamuratov – 3 yil;
  • Polat Nurniyazov – 4 yil;
  • Qaharman Seytimov – 5 yil;
  • Saiipnazar Kalimov bilan Arislan Temirxanov – xar biri 6 yildan;
  • Polat Shamshetov – 6 yil;
  • Amirbek Adilbekov – 7 yil;
  • Baxtiyar Kadirbergenov – 7 yil;
  • Seydabulla Medetov bilan Nurlan Nayipov – xar biri 7 yildan;
  • Razbek Bekmuratov – 8 yil;
  • Sultanbek Kaipov – 8 yil;
  • Dao‘letmurat Djiyemuratov – 8 yil;
  • Bayram Seytniyazov – 8 yil;
  • Allabay Toqimbetov8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazolariga sudlandilar.

Ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlanganlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatlarini ular qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanishi belgilanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Bundan tashqari:

  • Azamat Nuratdinov – dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 13 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 17 kun;
  • Axmet Smetullayev – dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 22 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 8 kun;
  • Azamat Turdanov – dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 25 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosiga sudlandilar.

Ozodlikni cheklash jazosiga sudlangan A. Nuratdinov, A. Smetullayev va A. Turdanov sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Lolagul Kallixanova – 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Dauletmurat Tajimuratov JKning 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi «a», «b», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 59-moddasi tartibida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Shuningdek, sudlanganlar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va D. Djiyemuratovning aybidan JKning 28,104-moddasi 3-qismi «a» bandi, sudlanganlar R. Bekmuratov bilan S. Kaipovning aybidan JKning 104-moddasi 3-qismi «a» bandi (ushbu xarakatlar JKning 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli), sudlangan A. Nuratdinovning aybidan JKning 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandi (qo‘yilgan ayblov o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli) chiqarildi.

Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 milliard so‘mdan ortiq zararning 256 million so‘mi qoplanganligi inobatga olinib, qoplanmagan 6,5 milliard  so‘mdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanganlardan solidar tartibda undirish, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan 228 million so‘m zararni sudlangan D. Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli bo‘lib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.

Mazkur hukmdan norozi taraflarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi orqali Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasiga protsessual qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyatlar berish huquqi tushuntirildi.

Shuningdek, jinoyat ishini tergov qilish davomida yo‘l qo‘yilgan ayrim xato-kamchiliklarga nisbatan xususiy ajrim chiqarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring