Novak Jokovichning bayrami
«Ulkan toj» turnirlarining 20 karra g‘olibi Novak Jokovich tennischilik faoliyatidagi 1000-g‘alabasini nishonladi. Ushbu «oltin» raqam Rimdagi «Masters» turniri yarimfinalida norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi o‘yinda qayd etildi — 6:4, 6:3.
Serbiyalik dunyoning birinchi raqamli raketkasi ushbu natijani qayd etgan beshinchi tennischi bo‘ldi. Ungacha Rafael Nadal (1050), Ivan Lendl (1068), Rojer Federer (1251) va Jimmi Konnors (1274) mingdan ortiq g‘alaba qozonishgan.
Ruudni yenggan Jokovich qatorasiga to‘rtinchi yil, faoliyatida 12-marta Italiya ochiq chempionati finaliga chiqdi.
Rimdagi hal qiluvchi o‘yin — uning uchun «Masters»lardagi 55-final. Agarda g‘alaba qozonsa, 38-sovrinini qo‘lga kiritadi. Finaldagi raqibi — grek tennischisi Stefanos Sitsipas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter