«Norvich» APLga qaytdi, ikkinchi nomzod — «Sheffild Yunayted»
![«Norvich» APLga qaytdi, ikkinchi nomzod — «Sheffild Yunayted»](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2441196958.jpg)
Chempionshipning 45-turida «Blekbern Rovers» ustidan g‘alaba qozongan «Norvich» klubi keyingi mavsumdan Angliya Premer-ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Norijdagi «Kerrou Roud» stadionida o‘tgan o‘yin 2:1 hisobida «Norvich» foydasiga hal bo‘ldi.
G‘oliblar safida gollarni Marko Shtayperman (13-daqiqa) va Mario Vranchich (21-daqiqa) kiritdi, mehmonlarning yagona goli esa himoyachi Lyuis Trevis (23-daqiqa) hisobiga yozildi.
APLga yo‘llanma beruvchi ikkinchi o‘ringa «Sheffild Yunayted» yaqqol da’vogar bo‘lib turibdi, buning uchun uning asosiy raqibi — «Lids Yunayted» o‘z uyida «Aston Villa» bilan bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ochko yo‘qotsa bas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter