Norvegiyada dahshatli ko‘chki ko‘pgina odamlarning umriga zomin bo‘ldi (video+foto)
Qutqaruvchilar Oslo shahridan 30 kilometr shimolda joylashgan Ask qishlog‘ida yuz bergan ko‘chki ostidan yetti kishining jasadini olib chiqishdi, besh nafarining shaxsi aniqlandi, deya xabar berdi NRK.
«Gerdrumdagi ko‘chki sodir bo‘lgan hududda yetti kishining jasadi chiqdi. Besh kishining shaxsi aniqlandi. Uch kishi bedarak ketgan», — deya ma’lum qildi telekompaniya.
Aniqlanganlar orasida ota va uning ikki yashar qizi ham bor. Uning homilador onasi hanuzgacha qidirilmoqda.
Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, itlar hidlarni yaxshiroq ajratib olishlari uchun qidiruv ishlari erta tongda to‘xtatilgan.
Xabarlarga ko‘ra, chorshanba, 30-dekabr kuni kechasi kichik Ask qishlog‘ida dahshatli ko‘chki sodir bo‘lgan. O‘nlab uylar yakson bo‘lgan, o‘n kishi aloqaga chiqmagan. Olti kundirki qidiruv operatsiyasi davom etmoqda, qutqaruvchilar qidiruv maydonini kengaytirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter