Noqulay ob-havo 60 dan ziyod kishining umriga zomin bo‘ldi
![Noqulay ob-havo 60 dan ziyod kishining umriga zomin bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/7/5/720_460_95_759030043.jpg)
Yaponiyada yoqqan kuchli jala tufayli halok bo‘lganlar soni 62 nafarga yetdi. Bu haqda «CA-news.org» xabar bermoqda.
45 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
«Kiodo» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra halok bo‘lganlarning aksariyati Xonsyu orolining janubi-g‘arbiy hududidagi Xirosima viloyati hamda Sikoku orolidagi Exime viloyatida yashagan.
«NHK» telekanali ma’lumotlariga qaraganda 6 kishi o‘zini bilmay qolgan, 45 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
«Assoshieyted Press» agetligi ma’lumotlariga ko‘ra esa 76 kishi halok bo‘lgan.
Shu yil 6 iyul kuni Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida kuchli jala yoqqan edi. Ertasi kuni ertalab suv sathi qator uylarning ikkini qavatigacha ko‘tarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter