Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy olib o‘tilayotgan atir-upalar ushlab qolindi

Noqonuniy olib o‘tilayotgan atir-upalar ushlab qolindi

Baholash hisobotiga ko‘ra, ularning umumiy qiymati salkam 13,5 mln. so‘mni tashkil etar ekan.

Foto: «nuz.uz»

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir-yo‘l chegara bojxona posti xodimlari kosmetika va parfyumeriya vositalarining noqonuniy olib kirilishi oldini olishdi.
“Ufa-Toshkent” yo‘nalishida kirib kelgan yo‘lovchi poyezdi vagonlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yo‘lovchilardan biri B.Ziyayevning (ism-shariflar o‘zgartirilgan) yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 343 dona atir upalar borligi ma’lum bo‘ldi. Baholash hisobotiga ko‘ra, ularning umumiy qiymati salkam 13,5 mln. so‘mni tashkil etar ekan.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasidan xabar qilishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom etirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, respublikamizga chetdan olib kiriladigan parfyumeriya va kosmetika vositalari davlat tilida markalanishi shart. Shuningdek yurtdoshlarimiz salomatligini muhofaza qilish maqsadida, bu turdagi tovarlar majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga ham kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring