«Nogironni urgan xodim» ishi bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda
Poytaxt IIBB tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda «Nogironni urgan xodim» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videotasvir yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, videotasvirlarda o‘zini Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani «Nurafshon» mahallasi Nurafshon ko‘chasi 102 uyda yashashi haqida ta’kidlab, ukasi 1-guruh nogironi Matkarimov Hayrullani joriy yilning 20-21-fevral kunlari Bektemir tumani Barkamol ko‘chasida Rajabov Bahrom ismli Bektemir tumani IIO FMB 4-son IIB boshlig‘i o‘rinbosari o‘ziga tegishli xizmat avtomobilida kelib, ukasiga tan jarohati yetkazganligi bilan birga, haqorat qilib ketganligini aytib, yordam so‘ragan.
Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berilishi uchun Bektemir tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.
Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Toshkent shahar bo‘yicha bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter