Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kikbokschilar «Matonat» klubi a’zolari bilan uchrashishdi (foto)

Kikbokschilar «Matonat» klubi a’zolari bilan uchrashishdi (foto)

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan mamlakatimizning ko‘plab sport muassasalarida «Bir jamoa» shiori ostida tadbir va festivallar o‘tkazilmokda.

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tashkil etilgan ana shunday tadbirlardan birida O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi mutasaddilari O‘zbek jang san’ati federatsiyasi qoshidagi «Matonat» jamoasi a’zolari bilan uchrashishdi. O‘zbekiston kikboksing assosiatsiyasi va O‘zbek jang san’ati federatsiyasi o‘rtasida imzonlangan memorandumga muvofiq, bu ikki yakka kurash turlari sportchilari o‘zaro tajriba almashib turishadi.

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yurtimizning taniqli kikbokschilari O‘zbek jang san’ati federatsiyasi qoshidagi «Matonat» klubi a’zolari ishtirokida ajoyib tadbir o‘tkazdilar va o‘zlarining esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

«Matonat» klubining tashkil etilganidan hali ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, lekin shu qisqa vaqt oralig‘ida ushbu klubga yuzlab imkoniyati cheklangan yoshlar jalb etildi. Ular o‘zbek jang san’atining sir-asrorlarini mukammal o‘rganishga harakat qilishmoqda.

Buni tadbir davomida klub a’zolarining ko‘rgazmali chiqishlaridan ham bilib olsa bo‘lardi. Kikboks bo‘yicha yetakchi sportchilar va mutaxassislar endilikda bunday xayrli ishlarga astoydil bel bog‘lab, «Matonat» klubi bilan hamkorlikda yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring