Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodira Qodirova o‘limi bo‘yicha Turkiya elchisi izoh berdi

Nodira Qodirova o‘limi bo‘yicha Turkiya elchisi izoh berdi

Bugun, 8-noyabr kuni Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Ahatov Turkiya elchisi Er Mehmet Surayya bilan uchrashgan.

Uchrashuvda joriy yil 23-sentyabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga muhokama qilingan.

Elchi O‘zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirgan. Elchi hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o‘tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o‘rganilayotganini aytgan.

Elchi tergov obyektiv olib borilishi, O‘zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilgandi.

Nodira Qodirovaning dugonasi telefon orqali marhuma bilan so‘nggi suhbatida nima haqida gaplashganini so‘zlab, turkiyalik deputat o‘zbekistonlik qizga tajovuz qilganini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring