Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks ishlab chiqiladi

Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks ishlab chiqiladi

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-fevralga qadar Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov asosida NNTlar rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.

Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri NNTning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring