Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nizoli uy egasini topdi

Nizoli uy egasini topdi

Ne-ne orzu niyat bilan pul yig‘ib, uy-joy qilaman deb yer olsangizu, u yerga borganingizda boshqa odam yashayotgan bo‘lsa? Qiziq va asabni buzadigan holat shunday emasmi?

Yu.Isroilova bilan ham shunday holat yuz berdi. 2020 yilda Qarshi tuman hokimining qaroriga asosan tuman hududidan yer oldi, u yerdan xabar olishga borganida esa, u joy qisman odam yashaydigan holatga keltirilgan va odamlar yashab kelayotgan edi. Nima bo‘lganini so‘raganda esa, ular da’vogarning turmush o‘rtog‘idan sotib olganini vaj qilishdi, ammo ularning yerga egaligi haqida biror hujjati yo‘q edi. O‘rtada nizoli vaziyat yuzaga keldi, bu nizo 3 yil davom etdi.

2023 yilning 14 mart kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi da’vogar Yu.Isrooilovaning javobgar R.Elmurodovga nisbatan nizoli uy-joydan majburiy tartibda chiqarish haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqdi va da’voni qanoatlantirdi.

R.Elmurodovni da’vogarga tegishli bo‘lgan Qarshi tuman, Kat MFY, Chorgumbaz qishlog‘idagi uydan majburiy tartibda chiqarish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qarshi tuman bo‘limiga 2023 yil 17 aprel kuni kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilib taraflarga ma’lum qilingan.

Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan nizoli uy-joydan o‘z ixtiyori bilan chiqmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari olib borilishi uchun tegishli qaror qabul qilingan.

Byuro xodimlariga qattiq qarshiliklar bo‘lishiga qaramay, javobgar uy-joydan chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring