Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nikaragua sudi prezidentni tanqid qilgan 94 kishini fuqarolikdan mahrum etdi

Nikaragua sudi prezidentni tanqid qilgan 94 kishini fuqarolikdan mahrum etdi

Daniel Ortega.

Nikaragua sudi mamlakat prezidenti Daniel Ortega siyosatini tanqid qilgan 94 kishini fuqarolikdan mahrum etdi. Hukmni o‘qigan sudya ularni vatan xoinlari deb atadi.

Fuqarolikdan mahrum bo‘lganlar orasida yozuvchi va inqilobchi Serxio Ramires, shoira va yozuvchi Jokonda Belli, katolik yepiskopi Silvio Bayez kabilar bor. Fuqarolikdan mahrum etilganlarning mol-mulki musodara qilinadi.

Fevral oyida Nikaragua parlamenti konstitutsiyaning 21-moddasiga «vatan xoinlari»ni fuqarolikdan mahrum etish huquqini beruvchi o‘zgartish kiritgandi. O‘zgartish hali kuchga kirgani yo‘q, Ortega ma’muriyati esa o‘zgacha fikrlovchilarni fuqarolikdan mahrum etishni boshlab yubordi. Nikaraguada adolat va haqiqat, kuch va sud — prezident Ortega tarafida.

Ma’lumot uchun: iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligiga suyanib qolgan Nikaragua G‘arbiy yarimshardagi eng qashshoq mamlakatlardan biri. Markaziy Amerikada faqat Gonduras va Gaiti undan-da qashshoq.

Xose Daniel Ortega Saavedra (1945-y.t., 78 yosh) — jami hisoblaganda Nikargua prezidentligida o‘tirganiga 21 yil to‘ldi: 1985–1990-yillar; 2007-yil yanvaridan hozirgacha.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring