Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nig‘matilla Yo‘ldoshev AQShga nima maqsadda bordi?

Nig‘matilla Yo‘ldoshev AQShga nima maqsadda bordi?

AQSh Federal tergov byurosining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya AQShga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyasi va AQSh FTB rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Konstruktiv muloqot davomida tomonlar huquqiy hamkorlik masalalarini, shuningdek ikki davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama kilishdi.

Tadbirning muhim voqeasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va AQSh Federal tergov byurosi o‘rtasidagi 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ni imzolash marosimi bo‘ldi.

Tomonlar mazkur hujjat shakllangan idoralararo hamkorlikni mustahkamlashda yangi turtki bo‘lishiga ishonch bildirdilar, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring