Neymar jahon chempionati o‘yinlarida naq 14 daqiqa maydonda yotgan
![Neymar jahon chempionati o‘yinlarida naq 14 daqiqa maydonda yotgan](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3486239639.jpg)
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jahon chempionatidagi 4 o‘yinda qoida buzganidan so‘ng 14 daqiqa maysa ustida yotgan. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.
Bu uchrashuvlarda Neymarning raqiblariga nisbatan qoida buzish holati 23 marta ko‘p kuzatilgan. U qoidani buzgandan keyin 13 daqiqayu 50 soniya maysa ustida yotgan. Eng ko‘pi chorak final uchrashuvida sodir bo‘lgan: o‘shanda meksikaliklarga qarshi maydonga tushgan Neymar 5,5 daqiqa maysa ustida yotgan.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 6 iyul kuni Braziliya terma jamoasi Belgiya futbolchilarga qarshi «Qozon arena» stadionida maydonga tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter