Netanyahu «Hizbulloh»ga tahdid qildi
![Netanyahu «Hizbulloh»ga tahdid qildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2524460409.jpg)
Isroil Bosh vaziri «Hizbulloh» urushga kirsa, tasavvur qilib bo‘lmaydigan javob zarbasi bilan tahdid qildi va G‘azo sektoridagi operatsiyani kengaytirish uchun qadamlar tashlanganini e’lon qildi.
The New York Times nashrining yozishicha, Isroil AQSh maslahati bilan keng ko‘lamli operatsiyaga o‘tayotgani yo‘q.
«Uchinchi bosqich — G‘azo sektoriga quruqlikdan kirishni kengaytirish. Isroil armiyasi buni o‘lchovli, juda kuchli qadamlar bilan amalga oshirmoqda, tizimli ravishda bosqichma-bosqich harakat qilmoqda», dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu matbuot anjumanida.
U yana Livanning «Hizbulloh» guruhiga murojaat qilib, Isroil shimoliy chegarani mustahkamlayotganini aytdi va guruhni «urushda ishtirok etishga qaror qilsa, bir umrlik xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi» haqida ogohlantirdi. «Siz tasavvur ham qila olmaydigan zarba olasiz», deb tahdid qildi Isroil bosh vaziri.
The New York Times manbalarining qayd etishicha, Netanyahu muvaffaqiyatsizlik va o‘z javobgarligidan qo‘rqib, G‘azoga keng ko‘lamli bostirib kirish haqidagi buyruqni imzolashdan o‘zini tiymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter