Netanyahu kelishuv haqida e’lon qildi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bugun, 22 noyabrning erta tongida G‘azoda kamida to‘rt kunlik o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi.
Olti soatlik yig‘ilishdan so‘ng Isroil vazirlar mahkamasi bir kun avval Hamas tomonidan taklif qilingan asirlarni almashish va vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Bu vaqt ichida Hamas tashkiloti garovga olinganlarning 50 nafarini (ayollar va bolalar) ozod qilish majburiyatini olgan.
Kelishuv 23 noyabrdan kuchga kirishi mumkin. Chunki Isroil sud organlari hali mazkur qarorning qonuniyligini tasdiqlashi kerak.
Ma’lum qilinishicha, Hamas 50 nafar kishini ozod qilishi evaziga Isroil qamoqlaridan 150 nafar falastinlik qo‘yib yuboriladi.
O‘t ochish to‘xtatilgan paytida Isroil harbiylari G‘azoda egallagan pozitsiyalarida qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter