Netanyahu Isroilda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi emlanadi
![Netanyahu Isroilda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi emlanadi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2494603017.jpg)
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat fuqarolari orasida birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi emlanishini ma’lum qildi.
«Shanba kuni kechki payt vaksina qabul qilaman. Eng birinchi meni emlashlarini so‘radim, koronavirusga qarshi vaksina qabul qilish qanchalik muhimligiga barcha ishontirish uchun namuna bo‘lmoqchiman», — deyiladi bosh vazirning «Twitter» rasmiy sahifasida qoldirilgan xabarda.
Birinchilar qatorida vaksina qabul qiluvchilar orasida Isroil prezidenti Reuven Rivlin ham bor, prezident devoni xabariga ko‘ra, Rivlin kelayotgan yakshanba kungi navbatga yozilgan.
Oldingi xabarlarimizda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In vaksinani boshqalarda sinovdan o‘tib bo‘lganidan so‘ng qabul qilishi mumkinligi, Braziliya prezidenti Bolsonaru esa vaksinani umuman qabul qilmasligi haqida yozgandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter