Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu baribir Rafahda urush olib borilishini aytdi

Netanyahu baribir Rafahda urush olib borilishini aytdi

Isroil harbiy kuchlari HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, G‘azo sektoridagi Rafah shahrida operatsiya o‘tkazadi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu garovga olinganlarning yaqinlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

«To‘liq g‘alabaga erishish uchun biz Rafahga kiramiz va u yerda, kelishuv tuzilganmi yoki tuzilmaganidan qat’i nazar, HAMAS batalonlarini yo‘q qilamiz», — deya Isroil bosh vaziridan iqtibos keltiradi The Times of Israel nashri. Shuningdek, u Isroilga «XAMAS ustidan to‘liq g‘alaba qozonish uchun» Rafahdagi operatsiya zarurligini ta’kidladi.

Garovga olinganlar va halok bo‘lgan askarlarning yaqinlari Netanyaxu va uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Saxi Xanegbini global bosimga qaramay kurashni davom ettirishga chaqirdi.

29-aprel kuni Isroil va XAMAS o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida Falastin harakatiga 40 kunlik otashkesim taklif qilingan edi. Kelishuv, shuningdek, Hamas jangarilari tomonidan garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashtirishni ham o‘z ichiga oladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azodagi urushi oqibatida 34 mingdan oshiq g‘azolik halok bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring