Nepalda 16-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi
Yeti Airlines aviakompaniyasi vakili Pemba Sherpa Nepaldagi samolyot halokatida omon qolganlar bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
«68 yo‘lovchi va ekipajning 4 a’zosi — barchasi halok bo‘lgan. Samolyotda bo‘lganlarning hech biri omon qolmagan», — uning so‘zlarini keltirdi TASS.
Eslatib o‘tamiz, Yeti Airlines aviakompaniyasining Katmandudan Pokxaru shahriga parvoz qilgan ATR 72 samolyoti halokatga uchragandi. Yo‘lovchilar orasida xorijliklar ham bo‘lgan.
Nepalda 16-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter