Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Neksiya»da gaz balloni portlashidan vafot etgan shaxslar aka-uka ekani ma’lum bo‘ldi

 «Neksiya»da gaz balloni portlashidan vafot etgan shaxslar aka-uka ekani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tuman «Navoiy» MFY Terakzor ko‘chasidan o‘tgan yo‘lda «Neksiya-1» rusumli avtomashina boshqarib ketilayotgan vaqtda kuchli portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

YHXBBning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, ushbu avtomashina Chiroqchi tumani, «Qumdaryo» MFY Oqtunli qishlog‘ida yashagan E.M.ga tegishli bo‘lgan. Portlash vaqtida mashina boshqaruvida uning katta o‘g‘li B.J va avtomobil salonida kichik farzandi X.J. bo‘lgan. Ular voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan qishloqdoshi A.S. og‘ir tan jarohati olib, tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan 22.05.2021 yilda Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 262-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring