Nega yosh o‘tgan sari inson vazni ortadi?
Fransiyalik va shvetsiyalik bir guruh olimlar nima uchun yosh o‘tgach insonda vazn orta boshlashini aniqlashdi. Aniqlanishicha, tadqiqotchilar 13 yil davomida 54 kishidagi lipid metabolizmni (moddalar almashinuvi) kuzatib borishgan.
Olimlarning xulosalariga ko‘ra, o‘rganish davomida insonning yoshi ulg‘ayib borgan sari ularda moddalar almashinuvi sekinlasha borgan. Shu sababdan ularda vazn ortishi kuzatilgan.
Olimlar yog‘ qatlamidagi jarayonlar qarish davrida tana og‘irligini nazorat qiladi va bu ko‘rsatkich boshqa omilga bog‘liq emas, degan xulosaga kelishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter