Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?

Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?

Foto: Euronews

Politico nashri yozishicha, AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z siyosiy muammolarida Ukrainani va shaxsan uning rahbari Vladimir Zelenskiyni aybdor deb biladi.

Jurnalistlarning fikricha, Trampning Ukrainaga adovati ildizlari chuqur — 2016-yilda paydo bo‘lgan. Tramp Ukrainani Demokratlar partiyasi serverlarini buzib kirib, saylovlarga aralashganlikda aybdor sanaydi, deyiladi xabarda.

Tramp va Ukraina o‘rtasidagi nizoda uning Zelenskiy bilan telefondagi suhbati bosh rolni o‘ynaydi — oqibatda Oq uy rahbari ustidan impichment jarayoni boshlangan.

O‘sha suhbatda Tramp Kiyevga prezident Jo Baydenning o‘g‘li bilan aloqador Burisma kompaniyasini taftishga tortishni talab qilgan, biroq hech qanday surishtiruv o‘tkazilmagan, qaytanga ushbu suhbat Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanishiga olib kelgan.

«Shu bois Tramp Zelenskiydan nafratlanadi. Buni Zelenskiy ham biladi», — deya ta’kidladi ilgari Trampning advokati bilan ishlagan tadbirkor Lev Parnas.

Bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida Tramp g‘alaba qozonishi ehtimolidan kelib chiqib, Kiyev imkon qadar oyoqqa turib olish va ichki qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni oshirish harakatida, chunki «Tramp g‘alaba qozongan taqdirda, ahvol voy bo‘lishi tayin».

Yaqinda Washington Post gazetasi Tramp AQSh prezidentligi uchun saylovda zafar quchsa, Kiyevni Qrim va Donbassni Rossiyaniki deya tan olishga majburlashga urinishi haqida yozgandi. Siyosatchining o‘zi esa Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugata olishini bir necha marta aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring