Neft narxi 2017-yildan beri rekord darajaga chiqdi
«Bloomberg» ma’lum qilishicha, «Brent» hamda WTI markali neft narxlari o‘sishida 2017-yil iyulidagi rekord o‘rnatildi — «qora oltin» bahosi yettinchi savdo kunida ham o‘sishda davom etdi.
Agentlik neftning qimmatlashuvini AQShda neft zaxiralarining ozayishi hamda OPEK mamlakatlari qazib olish hajmini kamaytirishi haqidagi xabarlar bilan bog‘lamoqda. Bundan tashqari, Donald Trampning Xitoy bilan muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tgani to‘g‘risidagi bayonoti ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.
Ayni paytda shimoliy dengiz «Brent» markali neftining bir barreli Londonning ICE birjasida 58 dollardan yuqori, WTI esa Nyu-York birjasida 49 dollardan qimmatga sotilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter